2024-02-20

Yoshlarimizning Osiyo chempionatida qanday tarkib bilan ishtirok etishlari ma’lum!

Xabar berganimizdek, ertaga Hindistonning Nyu-Deli shahrida velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo birinchiligi start oladi.

Avvalroq, ushbu musobaqada ishtirok etadigan milliy terma jamoamiz qaydnomasi bilan tanishtirgan edik.

26-fevralga qadar davom etadigan ushbu musobaqada O’zbekiston yoshlar terma jamoasi ham qatnashadi:

Alimardon Jamoldinov
Begzod Nurmatov
Begzod Bahodirov
Nursulton Tursunov
Vitaliy Burlakov
Samira Ismoilova
Madina Davronova
Nozima Egamberdiyeva
Yana Mishinova
Kamola Aulova

Murabbiylar:

Azizbek Abdurahimov
Yusuf Abrekov.

Eslatib o’tamiz, yoshlar terma jamoamiz fevral oyi boshida «Qozog’iston qishki ochiq chempionati»da ishtirok etgan edi.

Язык »